Madridning "Real" klubi direktori Emilio Butrageno hujumchi Karim Benzema haqida fikr bildirdi.
"Jamoamizda bunday o'yinchi borligi klub uchun katta sharaf. Sportchilar jamiyatga o'rnak bo'lishga harakat qilishlari juda muhim, Benzema shundaylar toifasidan. Karim futbolni sevadigan barchaga o'rnakdir", - deya Butrageno Marca bilan suhbatda.
35 yoshli Benzema Madrid klubiga 2009 yilda kelib qo'shilgandi. Frantsiyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Benzema amaldagi “Oltin to'p” sohibi hisoblanadi.