Argentinalik sobiq yarim himoyachi Xaver Zanetti butun Evropadagi faoliyatini "Inter"da o'tkazdi, ammo boshqa kuchliroq klublarda o'ynash imkoniyatlariga ega edi. Zanetti uni qaysi mashhur klublar taklif qilgani haqida gapirib berdi.
"2001 yilda Valdano meni Madridga taklif qildi. Muzokaralar bo'ldi, lekin men "Inter"da qolishga qaror qildim. Puldan tashqari oila, muxlislar bilan munosabatlar ham muhim, bundan tashqari, men "Inter"da iz qoldirmoqchi edim. U bilan aeroportda tasodifan uchrashganimizda "Manchester Yunayted" va shaxsan Fergyuson ham meni taklif qilgandi, bundan tashqari "Barselona"dan ham taklif bo'lgandi", - dedi Xaver Zanetti Tuttosport bilan suhbatda.