Dani Sebalos "Real"dan "Atletiko"ga o'tishi mumkin.
26 yoshli yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. "Matraschilar" futbolchini yangi mavsum oldidan o'z jamoasiga taklif qildi.
Yarim himoyachi o'tishga hali rozi bo'lmagan. U "Real" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi va vaziyat rivojlanishini kutmoqda. Oldinroq klub unga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
"Milan" va "Aston Villa" ham futbolchi bilan bog'lanishdi. U Birmingem klubi taklifini rad etdi, chunki u Premer-ligaga qaytish niyatida emas.
Sebalos joriy mavsum La Ligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.