"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatidagi turnir jadvali haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kungi natijalarga ko'ra, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi tafovut sakkiz ochko etgandi. Biroq Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi bu bo'shliq sabab jamoasi xotirjamlikka bermasligini xohlamoqda.
"Real" hech qachon o'lmaydi. Futbolchi bo'lganimda "Real"ning ajoyib kambeklariga duch kelganman. Murabbiy sifatida ular bilan uchrashishni xohlamayman", - dedi Xavi Marca bilan suhbatda.
"Barselona" navbatdagi o'yinni 12 fevral kuni safarda "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazadi.