"Real" darvozaboni Tibo Kurtua klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Relevo nashri xabariga ko'ra, belgiyalik darvozabon turnir finaliga qadar o'z vaqtida tiklanishga ulgurishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kurtua Ispaniya chempionatining kechagi "Malorka"ga qarshi o'yinida "Real"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuvdan oldin jarohat olgan edi.
Avvalroq, Tibo Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yiniga qaytishni kutayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo, agar manbaga ishonadigan bo'lsak, Kurtua klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida o'ynashi mumkin.
"Real" murabbiylar shtabi Kurtuaning jarohati haqida ijobiy fikrda. Tibo "Qirollik klubi"da 2018 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda.