Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius yana irqchilikka xos haqoratlarga uchradi.
DAZN nashrining xabariga ko'ra, La Liganing 20-turidan o'rin olgan “Malorka”ga qarshi o'yinda (0:1) “Malorka” muxlislaridan biri braziliyalik futbolchiga qarab: “Sen maymunsan! Sen maymunsan!” - deb baqirgan.
Eslatib o'tamiz, o'yin tanaffus vaqtida "Real" futbolchisi uning harakatlariga salbiy munosabat bildirgan raqib muxlislariga futbolkadagi Madrid logttipini ko'rsatib o'tgan edi. Tanaffusdan so'ng, "Malorka" himoyachisi Antonio Railo Vinisiusning ishorasiga munosabat bildirdi. O'yindagi vaziyatlarning birida u libosini ushlab, klub emblemasi tushirilgan qismni Vinisiusning yuziga olib kelib, uni o'pishni taklif qildi.
O'yindan so'ng “Malorka” muxlislari braziliyalik futbolchini “balabol” va “ahmoq” deb haqorat qilishdi.