«Real» hujumchisi Vinisius Junior yana muxlislar tomonidan qilingan irqchilikka uchradi.
La liganing 20-turi doirasida «Malorka»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda braziliyalik futbolchining sha'niga aytilgan haqoratlar kameraga tushib qoldi. «Malorka» muxlislari 22 yoshli futbolchini "maymun" deb atashdi.
La liga ushbu holat yuzasida surishtiruv boshlaganini ma'lum qildi. Tashkilot aybdorlarni aniqlash va ularni jazoga tortish borasida «Malorka» bilan hamkorlik ish olib bormoqda.