"PSJ" bilan shartnoma imzolashga rozi bo'lgan "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yulduzlaridan biri bilan xayrlashishga qaror qildi. Mutaxassis braziliyalik hujumchi Neymarni jamoasida ko'rishni istamayapti.
Frantsiyalik murabbiy kelasi yozda janubiy amerikalik futbolchini sotish va uning o'rniga "Barselona"dan Usmon Dembeleni qo'lga kiritish tarafdori.
Neymar 2017 yilning avgustidan beri parijliklar jamoasida o'ynab keladi. Uning klub bilan mehnat shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida tugaydi. Hujumchining transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.