«Sevilya» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Isko hamon klub izlashda davom etadi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchiga Turkiyaning «Konyaspor» va Qatar klublaridan takliflar bor, ammo futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelishga shoshilmayapti. Shu bilan birga, uning Yaqin Sharqqa ko'chib o'tish ehtimoli juda past.
Isko oxirgi marta noyabr oyida maydonga tushgan. Uning transferi bilan taniqli futbol agenti Xorxe Mendesh shug'ullanadi.