Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin La Liga doirasida “Malorka”ga (0:1) qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz bu o'yinda mag'lub bo'lishga loyiq emasdik. O'tkazib yuborilgan goldan jahlim chiqdi.
"Real" har doim qaytadi va biz oxirigacha kurashamiz. Bu mag'lubiyat haqida o'ylashning hojati yo'q - endi klublar o'rtasidagi jahon chempionati haqida o'ylash vaqti keldi”, - dedi o'yin boshlanishidan oldin Tibo Kurtua o'rnini egallagan ukrainalik posbon.