"Real" La Ligadagi so'nggi uchta o'yinda mumkin bo'lgan 9 ochkodan 4 tasini qo'lga kiritdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari 20-turda "Malorka"ga qarshi o'yinda himoyachi Nacho Fernandesning avtogolidan so'ng 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
29 yanvar kuni madridliklar "Real Sosedad" bilan durang o'ynadi (0:0), 2 fevralda "Valensiya"ni mag'lub etdi (2:0).
Ispaniyaning amaldagi chempioni hisobida 45 ochko mavjud bo'lib, ular turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va ayni damda o'z hisoblarida bitta zaxira o'yini bor "Barselona"dan 5 ochko ortda qolmoqda.