«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan «Malorka»ga (0:1) qarshi bahs haqida gapirdi.
«Biz shunday o'yinni kutgandik - juda qiyin o'tdi. Bahs doimiy ravishda to'xtatilaverdi, ko'plab qoidabuzarliklar bo'ldi.
Futbolchilarimda imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Chiziqlar orasida sezilarli bo'shliqlar yuzaga keldi, qo'ldan kelgancha harakat qildik - ammo foydasi bo'lmadi.
Ammo durangga loyiq o'ynagandik, chunki penaltini Asensio urolmadi va jarima maydonchasida imkoniyatlarimiz ko'p edi. Umuman olganda yaxshi futbol o'ynadik.
Endi klublar o'rtasidagi jahon chempionati haqida o'ylashimiz kerak», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca.