Madridning «Real» klubi himoyachisi Nacho Fernandes «Malorka»ga (0:1) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'yin qiyin bo'ldi, raqib yaxshi harakat qildi, biz esa eng yaxshi formada emasmiz. Afsuski.
O'yinlar oralig'idagi vaqt va raqibning kuchliligi tufayli qiynaldik. Raqib pressing uyushtirgach, ishlar yanada murakkablashdi. Ularga gol urishda omad kulib boqdi, biz esa penalti tepolmadik.
Vinisius atrofida yaratilgan shov-shuv hech kimga, hatto uning o'ziga ham foyda keltirmaydi. Bahslar va har xil bema'ni gaplarni bir chetga surib qo'yish kerak», - dedi Nacho.