Tibo Kurtua Ispaniya chempionati doirasida «Malorka»ga qarshi o'yinni bugun «Real Madrid»da boshlashi kerak edi.
Biroq belgiyalik futbolchi mashg'ulot paytida jarohat oldi va Andrey Luninga o'z o'rnini bo'shatib berdi.
The Athletic xabariga ko'ra, Tibo Kurtua dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi. Belgiyalik darvozabon klublar o'rtasidagi jahon chempionatida «Real»ga yordam bera olmasligi xavfi bor.
Madridning «Real» klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida «Al-Axli»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 8 fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.