«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Fichajes.
Nashrning yozishicha, «qizil iblislar» rahbariyati urugvaylik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
«Mankunianliklar» «qaymoqranglilar»ga 82 million evrolik taklif tayyorlamoqda. «Manchester Yunayted» rahbarlari urugvaylik futbolchining JCh-2022ni qanday o'tkazgani va klub darajasidagi o'yinidan hayratda.
24 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Valverde joriy mavsum «Real» safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali urugvaylik futbolchini 100 million evroga baholamoqda.