Madridning "Real" klubi ijara asosida o'ynayotgan "Shaxtyor"ning braziliyalik himoyachi Vinisius Tobiasni sotib olish variantini faollashtirmoqchi emas. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ispan klubi futbolchi uchun 9 million evro to'lashga tayyor emas va transfer narxini pasaytirmoqchi.
Avvalroq, "Shaxtyor" Ispaniya klubini Tobiasning ijarasi bekor qilinishi mumkinligi haqida xabardor qilgani xabar qilingandi. "Konchilar" agar "Real"ga Tobias kerak bo'lmasa, ijara shartnomasini tugatishga tayyor. "Qaymoqranglilar"da sotib olish optsiyasi bor, lekin madridliklar hali uni faollashtirmagan.
Tobias joriy mavsumda 23 o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Real Madrid" yoshlar jamoasida o'ynaydi va hatto asosiy jamoaga taklif qilingan, ammo u hali asosiy jamoada debyut qilmagan.
Tobias 2022 yilning yanvarida «Internasional»dan «Shaxtyor»ga o'tgandi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.