Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzemaning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
35 yoshli frantsiyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, biroq klub «Oltin to'p» sohibi bilan ishlashni davom ettirishdan manfaatdor deb hisoblanmoqda.
«Benzemaning kelajagi? Karim - «Real Madrid» afsonasi va klub afsonalari, aytganimdek, futbolchilik faoliyatining oxirigacha shu erda o'ynashlari kerak», dedi italiyalik murabbiy.