Madridning "Real" klubini belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar chap oyoq tizzasidan jarohat olgani haqida xabar berildi.
Jurnalist Mario Kortegananing aytishicha, Azar ikki haftaga safdan chiqqan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bu Azarning "Real"dagi 19-jarohati bo'ldi. 2019 yildan beri futbolchi 74 ta o'yinni o'tkazib yuborgan.