«Marsel» klubi markaziy yarim himoyachisi Maksim Lopes Ispaniyaning top-klublari qiziqish doirasiga kirdi. «Barselona»dan so'ng «Real» ham 19 yoshli frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritish haqida o'ylamoqda.
Ammo Lopesning "Madrid"ga ko'chib o'tishi qiyin bo'lishi mumkin. Boisi, hozirda «Marsel» sport direktori lavozimini «Barselona» klubi sobiq darvozaboni Andoni Subisarreta egallab turibdi.
Bundan tashqari, Lopes – "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Usmon Dembele bilan yaqin do'st hisoblanadi.