"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Uning chap tizzasi ortidagi mushagida jarohat aniqlangan. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot berilmagan. Azar "Malorka"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Eden Azar ushbu jarohatni katta ehtimol bilan mashg'ulotda orttirgan. Boisi, u "Real"ning so'nggi o'yinlarida ishtirok etmayotgandi.