Karlo Anchelotti taqvim zichligidan norozi.
«Real Madrid» ustozi yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Malorka» bilan o'yin oldidan o'z noroziligini bildirdi.
«Biz xursand emasmiz. 72 soatdan kamroq vaqt ichida yana o'ynashimiz to'g'ri emas deb o'ylayman. Ertaga soat 14:00 da maydonga chiqamiz. Bu ahmoqgarchilik. Biroq ushbu yuklamalarni bajarishga majburmiz.
Tiklanish ustida ko'proq ishlash kerak. Treningga deyarli vaqt yo'q.
Biz charchoqni baholashga e'tibor qaratmoqdamiz, shuning uchun fizioterapevtlarning ishi endi murabbiyning ishidan muhimroqdir. Agar katolik bo'lsangiz, unda ibodatlar foydali bo'ladi, —dedi Anchelotti.