Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Malorka”ga qarshi o'yin arafasida hujumchi Vinisius Junior haqida gapirdi.
“Vinisius ajoyib futbolchi. Bunday futbolchilar yoshlarga yoqadi. Mening to'rt nevaramda uning ismi yozilgan futbolkalar bor, boshqasi yo'q. U odatdagidek bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'radi", - dedi italiyalik mutaxassis Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Shuningdek, Anchelotti, Vinisiusga o'yin bo'yicha ko'rsatmalar berish shart emasligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" - "Malorka" uchrashuvi ertaga, 5 fevral kuni "Iberostar" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.