Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Toni Kroos jamoa bilan shartnomasini uzaytirish niyatida ekanligini tasdiqlamadi.
Eslatib o'tamiz, mavsum oxirida nemis erkin agentga aylanishi mumkin. Futbolchi hattoki professional faoliyatini yakunlaganini ham e'lon qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
«Ayni dam Kroos shartnomasini uzaytiradimi yoki yo'qmi, bilmayman. Toni tez orada rahbariyat bilan bu masalani muhokama qiladi», - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Kroos 2014 yilning yozida «Bavariya»dan «Rela»ga ko'chib o'tgan va shundan so'ng jamoa bilan 4 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.