«Barselona» bosh murabbiyi Xavi «Real» hujumchisi Vinisius Junior haqida gapirdi. Yosh murabbiy bunday mahoratli futbolchilarni hakamlar himoya qilishi kerak, deb hisoblaydi.
«Vinisius yakkama-yakka kurashda juda yaxshi va bu raqibni yanada tajovuzkor qiladi. Neymar bilan ham xuddi shunday holatga guvoh bo'lganmiz.
Hakamlar va hakamlar qo'mitasi bunday vaziyatlarda o'yinchilarni himoya qilishga harakat qilishi kerak», - dedi Xavi jurnalistlar bilan suhbat chog'ida.