"Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva endi Manchesterda qolishni rejalashtirmayapti va ispan grandlaridan biri - "Real" yoki "Barselona"ga o'tmoqchi, deya xabar bermoqda The Athletic nashri.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" o'tgan yozda futbolchini qo'yib yuborishga tayyor edi, ammo "Barselona" "shaharliklar"ga mos keladigan taklif bilan chiqmagan edi.
Silva joriy mavsumda “Manchester Siti” safida APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.