1990 yillarda "Real" safida porlagan serbiyalik sobiq futbolchi Predrag Miyatovich "qirollik klubi”ning Dortmundning “Borussiya” klubi yosh yulduzi Jud Bellingemga qiziqishi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, "Real"ning unga bo'lgan qiziqishi Luka Modrichni klubda qolish istagiga olib kelishi mumkin.
"O'ylaymanki, Modrich buni qiyinchilik sifatida qabul qiladi va kim kimligini ko'rsatish uchun qolishni istaydi. Hatto u 38 yoshda bo'lsa ham. Hatto 40 yoshda bo'lsa ham. Luka "Real"da o'ynash bilan kifoyalanadigan o'yinchi emas. Uning o'rnini bosa olaman deb o'ylaganlarga "planka"ni ko'taradi va muammo tug'diradi" - deydi sobiq futbolchi Cadena Ser bilan suhbatda.