"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos maydonda hozirgi jamoadoshi Lionel Messiga qarshilik ko'rsatgan paytlarini esladi.
“Ko'p yillar davomida Messiga qarshi maydonda o'ynashdan azob chekdim. Lekin hozir men uning yonida gapirishdan zavqlanaman. Messi - futbol yaratgan eng yaxshi futbolchi", - deya himoyachining so'zlarini keltiradi "PSJ" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos ko'p yillar davomida "Real Madrid" sardori bo'lgan va Lionel Messi "Barselona" tarkibida unga qarshi maydonda to'p tepgan.