Ispaniya futbol federatsiyasi apellyatsiya qo'mitasi «Real»ning shikoyatini inobatga olib, himoyachi Marselo diskvalifikatsiyasini qisqartirdi.
ABC.es xabariga ko'ra, endi futbolchi 2 emas, balki 1 o'yinni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi «Levante»ga (1:1) qarshi La Liga 3-tur o'yinida, yarimhimoyachisi Jefferson Lermaning orqasidan urgani uchun bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgandi.
Endi Marselo «Real Sosedad»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.