Meksikada bo'lib o'tgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yinga sha'ma qilingan La Liga afishasi bir necha daqiqada katta shov-shuvga sabab bo'ldi.
Kataloniya klubi muxlislari o'z noroziliklarini izohlarda aytishdan tortinmadilar va "ko'k-anorranglilar"ni bu g'oyadan voz kechishga chaqirishdi.
La Liganing yangi nashrida gap Meksikada o'yin o'tkazish haqida emas, balki meksikalik futbol muxlislari uchun mart oyidagi "El Klasiko" kuni qandaydir tadbir o'tkazish haqida ketayotganini aniq ko'rsatmoqda.
"Salom meksikalik do'stlar. Tez orada biz sizga "El Klasiko"ni qanday o'zgacha tarzda o'tkazishni ko'rsatamiz", - deyiladi yangi xabarda.