"Real" "Zenit"ga o'tgan braziliyalik futbolchining o'yinini o'rganmoqda.
Madrid klubi "Korintians"dan "Zenit"ga o'tgan 19 yoshli himoyachi Robert Renanga e'tibor qaratmoqda.
Qayd etilishicha, Madridning "Real" klubi o'tgan mavsumdan buyon Renanni diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
Himoyachining Braziliya terma jamoasi safida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Amerika kubogidagi o'yini qiziqishga sabab bo'lgan.
Renan "Zenit" bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi.