Karlo Anchelotti Eduardo Kamavinganing o'yini haqida gapirdi.
Frantsiyalik futbolchi La Liganing 17-turidan o'rin olgan “Real” – “Valensiya” (2:0) o'yinini chap qanot himoyachisi sifatida o'tkazdi.
"U barchamizni chap qanot himoyachisida hayratda qoldirdi. U menga juda yoqadi. Alaba yakshanba kuni safga qaytadi. Uning mehnati evaziga jamoaga himoyada o'ynash osonroq.
Kamavinga bu pozitsiyada juda kam o'ynadi, lekin u raqibning yarim maydonida katta xavf tug'diradi. U himoyada ham ishlaydi. U buni chin ko'ngildan qilmaydi, lekin bizga yoqadi”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.
La Liganing joriy mavsumida Kamavinga 19 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.