Yarim himoyachi Isko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida oldinroq xabar bergan edik.
Mashhur insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Everton» da'vogarlik qilgan. Shu bilan birga Iskoga Turkiyaning ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu jamoalarning nomlari oshkor etilmadi.
Avvalroq Isko «Union»ga o'tishga yaqin edi, ammo nemis klubi futbolchining moliyaviy ehtiyojlarini qondira olmadi.
Dekabr oyida Isko «Sevilya» bilan shartnomasini bekor qildi.