«Valensiya» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Voro Ispaniya chempionatining qoldirilgan 17-turida «Real»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Real Madrid» bugun yaxshiroq edi. Biz o'yinga unchalik qulay bo'lmagan holatda keldik va bu o'z ta'sirini o'tkazdi.
Birinchi bo'limda biz o'z o'yinimizdagi kamchiliklarni yopishga harakat qildik, uyushqoqlik bilan harakat qildik, «Real Madrid» ko'proq ustunlik qildi.
Ikkinchi bo'limda Asensio tomonidan ajoyib gol bo'ldi va 3 daqiqadan so'ng ular yana gol urishdi. Chetlatilishdan keyin esa o'yin tugadi», - deya Voroning so'zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.