"APOEL" klubi himoyachisi Roberto Lago "Real"ga qarshi uchrashuvda Ronaldu bilan nimani gaplashganini aytib o'tdi.
"Krishtianu menga to'g'risini aytdi, penalti yo'q edi, shuningdek, u tepkanidan so'ng to'p chiziqni kesib o'tmagan edi. Biz tushinamiz Ronaldu ko'proq gol kiritishni xohlaydi, unda vaziyatlar ko'p bo'ldi, biroq bizning jamoa ham kurashdi", - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bosh hakami fransiyalik Benua Basten edi.