«Real»ning ispaniyalik himoyachisi Nacho jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Madridda baxtliman. Bu pul yoki boshqa narsa bilan bog'liq emas, bu shaxsiy hayotim haqida. Ochig'ini aytmoqchiman, lekin hozir kelajak haqida aniq javobim yo'q.
Men bu erda baxtliman va klub buni biladi. Bo'lishi kerak bo'lgan hamma narsa sodir bo'ladi. Kelgusi oylarda men o'zim uchun eng yaxshi qarorni qabul qilaman.
Ritm bo'lmasa va muntazam o'ynamasangiz, bu qiyin. Lekin jamoaga kerak bo'lgan bir paytimda muvaffaqiyatga erishganim rost.
Endi men o'zimni avvalgidan kattaroq futbolchi deb hisoblayman. Men muntazam ravishda mashg'ulot o'tkazishni xohlayman», - deya Nachoning so'zlarini keltradi Marca.
33 yoshli Nacho joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi (1027 daqiqa) - u butun faoliyatini Madrid klubida o'tkazdi.