Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yin doirasida «Valensiya» himoyachisi Gabriel Paulistaning chetlatilishiga izoh berdi.
«Vinisiusni himoya qilish kerak, chunki u to'pga ega bo'lishni yaxshi ko'radigan juda harakatchan o'yinchi.
Bu himoyachilarga yoqmaydi. Lekin bu uning o'yin uslubi. Menga bu o'yinda bosh hakamning jasorat to'plab, raqibni ma'nosiz qo'pollik uchun maydondan chetlatgani yoqdi», - dedi belgiyalik darvozabon.
Uchrashuv «Real Madrid»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Asensio va Vinisius mualliflik qilishdi. «Real Madrid» bu muvaffaqiyatdan keyin peshqadam «Barselona»dan 5 ochko ortda qolmoqda.