"Real" qaysi futbolchilari klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Ayni damda “qaymoqranglilar”ning Luka Modrich, Toni Kroos, Marko Asensio, Mariano Dias, Daniell Sebalos va Nacholar bilan tuzilgan shartnomalar yakuniga etadi.
Kroosning madridliklar jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi nemis futbolchisining o'ziga bog'liq, u ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkin. Nachoga 1 yillik shartnoma taklif qilishgan, agar qabul qilmasa yozda jamoani tark etadi. Dias "Real"ni albatta tark etadi, chunki, "Real" unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti. Modrich, Sebalos va Asensio borasida qaror keyinroq qabul qilinadi.