Qishki transfer oynasi yopildi, ammo klublarning tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlari to'xtamayapti. Endi klublar yozgi transfer bozori uchun turli xil variantlarni o'rganishadi.
"Manchester Yunayted" "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdega ko'z tikmoqda, deb xabar bermoqda El Nacional nashri. Urugvaylik futbolchi uchun "qizil iblislar" 80 million evro taklif qilishga tayyor.
Bu summa "Real"ga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi, bu aniq emas, chunki "Real" Federiko Valverdeni muhim futbolchi deb biladi.
Federiko Valverde shu yozda 25 yoshga to'ladi. Transfermarkt portali urugvaylik futbolchini 100 million evroga baholamoqda.