"Barselona" murabbiyi Xavi Ernandes o'z jamoasining Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi etakchiligi haqida gapirdi.
“Hozir hammasi ajoyib ketmoqda. "Barselona" La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Garchi "Real Madrid"ning qo'lida bitta o'yin bor. Biz yaxshi ishlayapmiz va to'g'ri yo'ldamiz. Jamoa har bir uchrashuvda kurash olib boradi va o'z o'yinidan zavq oladi. Mening shogirdlarim muvaffaqiyatga chanqoq", - deya mutaxassisdan iqtibos keltiradi Sport.es.
So'nggi o'yinda "Barselona" safarda "Betis"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ayni damda “ko'k-anorranglilar” ikkinchi o'rindagi “Real”dan 8 ochko oldinda.