"Rayo Valekano" himoyachisi Fran Garsiya "Real"ga doimiy ravishda qaytdi. Futbolchi o'zining klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Marra.
Biroq mavsum oxirigacha futbolchi ijara asosida “Rayo Valekano”da qoladi, garchi “qirollik klubi” Ferland Mendi jarohati tufayli futbolchini zudlik bilan qaytarishga uringan. "Real" qishda himoyachini 5 million evroga sotib oldi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Garsiya "Real"ga qarshi o'yinda bitta golli uzatmani amalga oshirgan va "Rayo Valekano"ning 3:2 hisobida g'alaba qozonishiga yordam bergandi.