Ispaniya politsiyasi “Atletiko” muxlislarining “Real” futbolchisi Vinisius Juniorga qarshi harakatlarini tekshirmoqda.
“Real”ga qarshi Ispaniya kubogi chorak finalidan o'rin olgan o'yin arafasida “Atletiko” muxlislari shaharda Vinisiusning ismi va raqami yozilgan libos kiydirilgan qo'g'irchoqni osib, uning yoniga “Madrid "Real"ni yomon ko'radi” yozuvli bannerni joylashtirgan.
Kriminal jurnalist Alfonso Oxeaning so'zlariga ko'ra, politsiya ushbu harakatlarda kamida 6 kishi ishtirok etgan. Chunki bannerni osish uchun bir kishi kamlik qiladi. Hodisaning aybdorlarini aniqlash uchun politsiya miting joyi yaqinidagi videokuzatuv kameralari tasvirlarini tahlil qilmoqda. O'sha kuni yaqin atrofda bo'lgan avtomobillarning raqamlari tekshirilmoqda.
“Real” qo'shimcha bo'limlargacha etib borgan o'yinda “Atletiko” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Yarim finalda madridliklar “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.