"Real" hujumchisi Karim Benzema "Barselona" etakchisi Neymarning PSJ klubiga o'tganidan hayron emasligini aytdi.
"Bundan hayratga tushib, karaxt ahvolda qolmadim. Neymar o'zi xohlagan ishni qilishi mumkin. Ammo "Barselona"ni tark etishi g'alati bo'ldi. Menimcha unda jiddiy sabablar bo'lgan" - dedi 29 yoshli hujumchi espnfc.com xabarida.