UEFA va FIFA tashkilotlari Evropa superligasi musobaqasini tashkil etishga harakat qilayotgan «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublarini jazolay olmaydigan bo'ldi.
Ushbu loyihani ilgari surayotgan A22 kompaniyasi Madrid sudida ko'rib chiqilgan apellyatsiya ishida g'olib chiqdi.
Sud qaroriga ko'ra, professional futbol klublari mustaqil ravishda musobaqa tashkil etish huquqiga ega. UEFA va FIFA ularga to'sqinlik qilishi va monopoliyani vujudga keltirishi mumkin emas. Boz ustiga, ushbu tashkilotlar yangi musobaqani tashkil etayotgan klublarni jazolash huquqiga ham ega emas.
Sud UEFA va FIFA keltirgan asoslarni ishonchli emas deb hisobladi.