«Real»ning chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi uzoq vaqtga safdan chiqdi.
«Madrid» xabar tarqatishicha, futbolchining chap oyog'i son qismidagi mushagida jarohat aniqlangan. Uning sog'ayishi uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi.
Shu tariqa, Mendi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Liverpul»ga qarshi har ikki bahsni (21 fevral va 15 mart) o'tkazib yuboradi. Shuningdek, u "Barselona"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi yarim final o'yini (1 mart) va La liga doirasida "klasiko" (19 mart)da ishtirok eta olmaydi.