«Real» himoyachisi Dani Karvaxal Ispaniya kubogi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
Jamoalar musobaqaning yarim finalida ikkita o'yin o'tkazadi - mart va aprel oylarida.
«Bu bosqichda favorit yo'q. Finalga chiqish uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.
Biz anchadan beri Ispaniya kubogini qo'lga kirita olmayapmiz. Bu sovrin mening «Real Madrid» safidagi ilk titulim bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, bu yil ham g'alaba qozonamiz», - deydi Karvaxal.