"Real" klubining yangi a'zosi Dani Sebalos klubga moslashib ketish jarayoni haqida gapirdi.
"Asosiy tarkibda maydonga tushishim juda qiyin bo'lishini bilsam-da, baribir bu jamoaga o'tganman. Murabbiy menga ishonch bag'ishlamoqda va maydonga tushish uchun ko'p ishlayapman. Bilaman, men dunyoning eng yaxshi klubiga keldim va bu erda raqobat juda kuchli. Ammo mahoratli jamoadoshlar bilan klubga moslashib ketishib oson kechmoqda" - dedi 21 yoshli yarimhimoyachi Marca xabarida.