Yakshanba kuni Madridning "Real" klubi o'z maydonida "Real Sosedad"ni mag'lub eta olmadi, o'yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Ushbu o'yindan keyin Ispaniya futboli jamoatchiligi yana hakamlar Madrid klubiga yordam berishayotganini muhokama qilishmoqda.
Bir vaziyatda "qaymoqranglilar" maydonda kamchilik bo'lib qolishlari mumkin edi. "Real" himoyachisi Nacho sakrab, raqib tomonidan tashlangan to'pni qo'li bilan to'sib qo'ydi. Negadir hakam futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmadi.
Avvalroq, Madridning “Atletiko” klubi direktori Migel Anxel Xil Ispaniyadagi hakamlar "Real"ga beixtiyor yordam berishini aytgandi. "Matraschilar" yaqinda "Santyago Bernabeu"dagi kubokdagi mag'lubiyatdan so'ng hakamdan shikoyat qilgandi.