"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yanvar oyidagi transfer oynasining qolgan 48 soatida hech qanday shartnoma imzolashni rejalashtirmayotganini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" bu oyda birorta ham bitim tuzmagan.
"Real" uchun transfer bozori yopiq. Hech kim kelmaydi, hech kim ketmaydi. Yanvar oyida biz uchun hech narsa o'zgarmaydi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Anchelotti yanvar oyida rahbariyatdan tarkibni kuchaytirishni talab qilgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo klub rahbariyati italiyalikning iltimosini qanoatlantirmagani aytilgandi.
Kecha "Qirollik klubi" La Liga chempionligi uchun kurashda "Real Sosedad" bilan durang o'ynab, o'zlariga qiyinchilik tug'dirdi. Peshqadam “Barselona” bilan oradagi farq endi 5 ochkoga etdi.