Ispaniya chempionatining o'n to'qqizinchi turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda «Real Madrid» San-Sebastyanning «Sosedad» klubini qabul qildi.
Har qancha urinishmasin, Karlo Anchelotti shogirdlari g'alaba qozona olmadi, uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi va hozirda «Real» chempionat jadvalida «Barselona»dan 5 ochkoga ortda qolib ketdi.
Vinisius Junior italiyalik mutaxassisni xursand qilish uchun juda ko'p harakat qildi, buning uchun o'yin davomida 21 marta dribling amalga oshirdi.
Bu Ispaniya chempionati tarixidagi mutlaq rekorddir. Ammo bu Madrid klubining g'alabasiga yordam berolmadi.