"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real Sosedad»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan (0:0) keyin jamoasining chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlariga baho berdi.
«Bugun biz juda yaxshi o'ynadik va g'alabaga haqli edik. Jamoaning o'yini yaxshilanib bormoqda. To'p bilan va to'psiz yaxshi ishladik. Yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo gol etishmadi. Vaholanki, golga juda yaqin kelgandik. Jamoa yaxshi o'ynagani uchun durangdan qoniqish hosil qildim.
"Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan 120 daqiqalik o'yinning ta'siri bugun sezilmadi. Futbolchilar o'yin oxirigacha maydonda faol bo'lishdi.
Biz 5 ochko ortda qolyapmiz. Etib olishimiz kerak. «Barselona» joriy mavsumda juda yaxshi ishtirok etmoqda, ammo oldinda hali olis yo'l bor.
Yanvar biz uchun beqaror bo'ldi, ammo jamoa o'sishda davom etadi. Biz oxirigacha kurashamiz», – dedi «Real» ustozi.